“Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash” mavzusida tadbirlar tashkil etilmoqda. TIQXMMI “Irrigatsiya va Melioaratsiya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari ass. Sh.H.Mardiyev, ass. Sh.N.Azizov, ass. I.K.Urazbayevlar 2020-yil 21-noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumanidagi “Yangi Turmush” MFY hududidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirda, "YangiTurmush" mahallasi aholisi vakillari, nuroniy otaxon va onaxonlar, xotin-qizlar kengashi a’zolari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari, hamda bir qator faollar qatnashdilar.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbir o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda va karantin qoidalariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Tadbirning ochilishida “Irrigatsiya va Melioaratsiya” kafedrasi ass. Sh.H.Mardiyev so‘zga chiqib yurtimizda keyingi yillarda olib borilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy sohalardagi islohotlarning tub mohiyati haqida tadbir ishtirokchilariga yana bir bor gapirib o‘tdilar. Ma’ruzachi keyingi yillarda yurtimizda ko‘pgina sohalarda qo‘lga qiritilayotgan ulkan yutuqlarga alohida to‘xtab o‘tdi. Taqdimot bilan boyitilgan ushbu ma’ruza tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda 50-maktab, “Yangi Turmush” MFY raisi T.Risbayev o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbir badiiy qism bilan davom etdi. Badiiy qismda O‘rta Chirchiq tumani badiiy havaskorlari va 50-maktab badiiy to‘garaklarining ishtirokchilari hamda bir qator sportchi yoshlar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarni xushnud qildilar. Tadbirda 50-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari tamonidan o‘zbek, rus, ingliz tillarida tadbir ishtirokchilarini tabiriklashdi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda va yuksak saviyada o‘tkazildi.
TIQXMMI matbuot xizmati