2019 yil 19 dekabrdan 21 dekabrgacha Toshkent shahar Citizen mehmonxonasining konferensiyalar zalida ICBA tashkiloti tomonidan Orol dengizi havzasida “Marginal sharoitda qishloq xo‘jaligining qiymat zanjirini ishlab chiqish” bo‘yicha konferensiya tashkil etildi. Konferensiyaga bir qator vazirliklar hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘qituvchilari A.Xamidov Sh.Shoergasheva Z.Sharipjonova B.Nasibovlar qatnashdi.
19-20 dekabr kunlari tadbir qatnashuvchilariga Germaniyadan kelgan texnika fanlari doktori PhD Sirak Baxata Sirak (ILRI) ISEE pogrammasi bilan ishlash, amaliyotga va uni ishlab chiqarish hamda o‘quv jarayoniga tavsiya etish imkoniyatlari batafsil tanishtirildi. Bu programma suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlik sohalarida juda katta natijalarga ega bo‘lishimiz uchun yordam beradi. Orol va Orol bo‘yi hududlarida sho‘rlanish va unga qarshi tadbirlar, o‘simliklar haqidagi ma’lumotlar seminarda to‘la qayd etildi. Seminar yakunida tadbir qatnashuvchilari sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov