21 fevral 2020 yilda Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zbekiston qishloq hududlaridagi suv resurslarini barqaror boshqarish: texnik saloxiyatni mustahkamlash” qo‘shma loyihasi asosida nashr qilingan “Suv omborlari gidrologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Kitobni topshirish marosimida qo‘shma loyiha tashkilotchisi, o‘quv qo‘llanma muallifi M.R.Ikramova, "Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi mudiri D.V.Nazaraliev, kafedra assistenti S.Qodirovlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida institut ilmiy kutubxonasiga 90 dona, kafedra professor-o‘qituvchilariga 10 dona, 4 kurs Gidrologiya (suv omborlarida) yo‘nalishi talabalariga 10 dona kitob topshirildi.
"Gidrologiya va gidrogeologiya" kafedrasi ass. G.Jumaboeva axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov