O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarori, 2020-yil 29 -oktyabrdagi ”Ilm- fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda Sohaga oid ish beruvchi tashkilotlardan yetakchi mutaxassislarni hamda soha vakillarini jalb qilgan holda 2021-yilning 22-aprel kuni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi tanlov va qo‘shimcha fanlar muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Seminarda sohaga oid ish beruvchi tashkilotlardan “Milliy elektr tarmoqlari” AJ bo‘lim boshlig‘i, “UzKabel” qo‘shma korxonasi bo‘lim boshlig‘i, O‘zR FA “Fizika-Quyosh” IIChB bo‘lim boshlig‘i, O‘zR FA Energetika muammolari instituti katta ilmiy xodimi, O‘zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti bo‘lim boshlig‘i ishtirok etdilar.
Seminarda “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedra mudiri D.Qodirov magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalaridagi tanlov va qo‘shimcha fanlar takomillashtirish maqsadida tayyorlagan taqdimotini namoyish qildi. Taqdimot davomida ish beruvchi tashkilot vakillari tanlov fanlarini takomillashtirish bo‘yicha bir qator takliflar berishdi. Ayniqsa bugungi kunda kafedrada o‘tilayotgan An’anaviy va noan’anaviy energiya manbalari, Energetikada audit usullari, Elektr stansiya va raqamli nimstansiya, Elektr energiyasi iste’molini nazorat qilinish va boshqarish, Intellektual energetika fanlari soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Bundan tashqari energetika sohasi uchun dolzarb muammolarni yechishga hamda malakali kadrlar tayyorlashda muhim bo‘lgan fanlar bo‘yicha takliflar berildi.
TIQXMMI matbuot xizmati