“Klasterda amaliyot” - amaliyotning istiqbolli usuli

Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida klaster usulining keng joriy etilayotganligi muvaffaqiyatlar omili hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, TIQXMMI “Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 3 - bosqich talabalari “Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.Yulchiyev rahbarligida o‘quv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda yanada mustahkamlash maqsadida, TIQXMMI va Sirdaryo viloyati “Bek cluster” MChJ qo‘shma korxonasi o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga hamda institut rektorining 2019 yil 12 iyuldagi 836/t - sonli buyrug‘iga asosan “Bek cluster” MChJ qo‘shma korxonasi tasarrufidagi “Mirzaobod universal trade cluster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Irrigatsiya va melioratsiya bo‘limiga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashni boshlashdi.

Amaliyot davomida talabalar korxonada mavjud sug‘orish tizimlari, Turkiya va Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan tomchilatib sug‘orish inshootlari hamda ularning ishlash prinsiplari, shuningdek, davlat dasturi asosida qurilayotgan suv xo‘jaligi obyektlari, sug‘orish ishlari bilan yaqindan tanishish hamda mukammal o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

“Irrigatsiya va melioratsiya” kafedrasi assistenti D.Yulchiyev axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov