Navbatdagi ko'chma mashg'ulot darsi

Yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi uchun ta'lim-tarbiya sohasida ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezdentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganiday, "Innovatsiyon g'oya va texnologiyalar asosida yoshlarning maqsad va vazifalari, ularning ijtimoiy hayotimizdagi o'rni va nufuzini, obro'-e'tiborini oshirishga alohida qarataylik". Shu maqsadda “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti 3 kurs 308 - guruh talabalariga "Fotogrammetriya va yerni masofadan zondlash" fanidan ko'chma amaliyot darsi tashkil etildi. Ko'chma amaliyot darsi "Grand kapital qurilish" korxonasida o'tkazildi. Talabalar u yerda hozirgi kunda Respublikamizda qurilayotgan zamonaviy bino inshootlar ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Talabalarimizga o'qish-o'rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho'qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohimiz bo’lsin.

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi o'qituvchisi O'tkir Islomov  axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov