TIQXMMI ma’ruzalar zalida 2019 yil 23 sentyabr kuni soat 14:00da Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun “O‘zbekiston-millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani Kamoliddin Orif al-Buxoriy jome’ masjidi imom noibi Qobil qori Toshpo‘latov, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi "Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash" bo‘limi katta tezkor vakili Fayzullo Saydaliev va O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi Ziyodulla Ziynatullaevlar ishtirok etishdi. Tadbirni SXTE va B fakulteti dekani kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ishtirokchilar mavzu doirasida ma’ruzalar, hayotiy tajriba va o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Ma’rifiy uchrashuv qizg‘in savol-javoblar va muhokamalar asosida o‘tdi.
SXTE va B fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov