Iqtidorli talabalarlarni aniqlash borasidagi uchrashuvlar davom etmoqda

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularning qiziqishlaridan kelib chiqgan holda tegishli yo’nalishlarni ko’rsatish hamda ularni ilmiy tadqiqot faoliyatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo'limi tomonidan fakultetlarda birinchi kurs talabalari bilan turkum uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. (GIM, GTQ) Kuni kecha shunday uchrashuvlardan yana biri Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti (QSXET) fakultetida ham bo’lib o’tdi.

 

Uchrashuvda fakultet dekani A.J.Isakov, dekan o’rinbosarlari, fakultetning yosh o’qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari va bir qancha iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joizki bugungi kunda yurtimizda iqtidorli yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni har birimiz o’z ko’zimiz bilan ko’rib guvohi bo’lib turibmiz.
Shunday e’tiborning samarasi ularoq bugungi kunda fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari, ko’rik tanlovlari g’oliblari yetishib chiqmoqda.

 

Uchrashuvda bugungi kunda iqtidorli talabalarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ilmiy faoliyatni qanday yo’lga qo’yish kerak?, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va boshqa nomli davlat stipendiyalariga erishish uchun nimalarga e’tibor qaratish zarur? va boshqa shu kabi mavzularda so’z yuritildi. Shuningdek tadbirda iqtidorli talabalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohiblari Dilmurod Akbarov hamda Ruxshona Yigitaliyevalar ham ishtirok etib, o’z hayotiy tajribalari, bunday yuksak davlat stipendiyasini qo’lga kiritish yo’lida amalga oshirgan ishlari xususida so’zlab berishdi. 

Uchrashuv ko’tarinki kayfiyatda savol-jaoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi va talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Talabalar bu kabi tadbirlarni ko’proq tashkil etish bo’yicha o’zlarining fikr mulohazalarini bildirishdi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini
 tashkil etish bo'limi axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati