Ideal suyuqlik uchun D.Bernulli tenglamasi

Bugun 24 oktyabr 2018 yil 1 juftlikda institutimizning G o‘quv binosi 1 ma’ruzalar zalida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi dotsenti Raximov Qudratjon Toshbotirovichning “Ideal suyuqlik uchun D.Bernulli tenglamasi” mavzusida Ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada Toshkent Temir yo‘llari muhandislik inmtituti O‘qituvchisi Asqar Babaev, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Nusratilla Latipov, institut O‘quv-uslubiy boshqarmasi uslubchisi Maftuna Tosheva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti