Oʻt oʻchirish vositalarini oʻrganish

Yongʻinlarning oldini olish va ularni oʻchirish ishida fuqarolarning saʼy-harakatlarini birlashtirish, muhandis-texnik hodimlarni, ishchi va xizmatchilarni bu ishga keng jalb etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni yongʻin xavfsizligi choralarini qoʻllashga va yongʻin paytida toʻgʻri harakat qilishga oʻqitish muxim vazifa hisoblanadi. Shu mavzuda bugun 24 noyabr birinchi juftlikda Xayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi oʻqituvchisi Mirxasilova Zulfiya Kochkarovna Ochiq maʼruza mashgʻulotini oʻtkazdi. Maʼruzada kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi. Oʻqituvchi talabalarga: yongʻin oʻchirish vositalari, ularning turlari, ulardan foydalanish usullari haqida tushinchalar berdi. Talabalar oʻt oʻchirish vositalari bilan “jonli tarzda” tanishib chiqdilar.

Oʻquv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti