Mehr manbai

Joriy yilning 22 dekabr kuni Institutimiz QXM fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi talabalari tashabbusi bilan Toshkent shahar M.Ulug’bek tuman Qorasuv dahasida joylashgan 105-sonli imkoniyati cheklangan bolalar maktabi internatiga xayriya tadbiri uyushtirildi. Tadbir davomida QXM fakulteti tomonidan yangi yil ertagi deb nomlangan sahna ko’rinishi bolalar e’tiboriga havola etildi. Bolajonlarga dasturxon yozilib osh tayyorlandi, bayram munosabati bilan har xil qiziqarli o’yinlar tashkil etildi va albatta har bir bolajonlarga sovg’alar ulashildi. Bu tadbir va sovg’alar  hammaga manzur bo’ldi va u yerda tarbiyalanuvchilar yuzida tabbasum yugurdi deb ikkilanmay aytishimiz mumkin. Bu tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Institut rahbariyatiga, yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Q.Shavazovga, Institut kasaba uyushma qo’mitasi raisi F.Irisovga, QXM fakulteti dekani U.Qo’ziyevga va ma'naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan muovini I.Rahimovga hamda QXM fakulteti barcha faol talabalariga o’z minnatdorchiligini bildiradi.

QXM fakulteti Yoshlar ittifoqi kengashi axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​