Daryo oqiziqlari haqida ochiq dars

2019-yilning 24-aprel sanasida “Quruqlik gidrologiyasi” fanidan “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi mudiri dotsent Nazaraliev Dilshod Valijonovich rahbarligida “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining 106-guruh talabalari uchun ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars “Daryo oqiziqlari” mavzusida olib borildi. Dars boshlangandan so'ng o'qituvchi D. Nazaraliev mavzu yuzasidan tayyorlangan tarqatma materiallarni talabalarga tarqatib, yangi mavzuning asosiy qismini ochib berdilar. So'ngra an’anaviy ma’ruzalardan chetlashgan holda, galdagi mavzu o'qituvchi tomonidan hayotiy misollar hamda o'xshatishlar yordamida qiziqarli tarzda tushuntirildi. Jumladan, hozirgi kunda yuz berayotgan Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridagi sel, suv toshqin oqimlari mavzuga bog’liq ravishda tushintirib berdi. Qolaversa, dars davomida yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarni rahbarlikka tayyorlash bosh maqsadlarimizdan biridir!” - degan fikrlariga alohida to'xtalib o'tildi.

Ochiq darsni “Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish” fakulteti dekani Muqimov Zarif Majlisovich hamda “Ta’lim sifati” bo’limi xodimi Farrux Kattaqulovlar kuzatib borishdi. Yakunda esa yangi o'tilgan mavzu yuzasidan talabalar “BLITS SAVOLLAR”ga javob berdilar. Kuzatuvchilar dars so'ngida o'qituvchi tomonidan qo'llanilgan zamonaviy pedtexnologiyalar hamda innovatsion yondashuvlarga o'zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o'tishdi. Biz talabalar ham ushbu darsga puxta tayyorgarlik ko'rgan ustozimizga guruh nomidan o'z minnatdorchiligimizni bildirib, kelgusida bunday mazmundor OCHIQ DARSlar yanada ko'proq o'tkazilishini so'rab qolamiz.

"SXTE va B" fakulteti 106-guruh talabasi Hasan Habibov  axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov