Joriy yilning 24-sentyabr kuni KXM, SXTEB fakulteti 1-2-3-4 kurs talaba qizlari bilan institutning bir guruh xotin qizlar kengashi a'zolari, profеssional ta'lim va jismoniy madaniyat kafedrasi assisenti F.Odilova va TTJ tarbiyachi pedagogi A.Hayitova lar ishtirokida talaba qizlarning takliflari asosida “Sog‘lom ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda sport inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishi va sog‘lom turmush tarzi bilan hayot kechirishning foydali jihatlari haqida so‘z yuritildi. Sport insonni nafaqat chiniqtirib, balki sog‘lom va baquvvat qilishi, ayni paytda, irodali, qat'iyatli bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etishi haqida qizg‘in suhbat olib borildi.
Davra suhbatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida sportga alohida e'tibor qaratilayotganligi va biz yoshlar ham, ayniqsa ayol va qizlar sport sohasida o‘z faolligimizni namoish etishning ayni vaqti ekanligi haqida tushunchalar berib o‘tildi. Tadbirda xotin qizlar kengashi a'zolaridan: M. Muhamedova, D. Xursandova, TTJ tarbiyachi pedagogi A.Hayitova, profissional ta'lim va jismoniy madaniyat kafedrasi assisenti F.Odilovalar faol qatnashishdi va talaba qizlarni qiziqtirgan savollarga sidqidildan javob berishdi.
Tadbirda F.Odilova yig‘ilish ishtirokchilariga institutda sport to‘garaklari mavjudligi haqida so‘z yuritdi va qizlarni sport to‘garaklariga a'zo bo‘lishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi. Tadbir so‘ngida talaba yoshlar o‘zlariga yoqqan to‘garaklarga a'zo bo‘lishdi. Kengash a'zolari va talaba qizlar o‘rtasida yil davomida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tadbirlar rejalashtirib olindi. Tadbir qizg‘in tarzda o‘z nihoyasiga yetdi.
TIQXMMI matbuot xizmati