Sug‘orish usullari va texnikasi

Dala maydonlarini sug‘orishni to‘g‘ri tashkil qilish – ekin maydonini to‘g‘ri tanlash, to‘g‘ri ishlov berish  o‘g‘itlash kabi ishlardan ham muhiroq sanaladi. Bog‘larni sug‘orishda O‘zbekistonda turli usullar qo‘llanadi. Bog‘larni sug‘orishning qator usullaridan : yomg‘irlatib sug‘orish, tuproq ostidan sug‘orish, tomchilatib sug‘orish, mayda zarrali sug‘orish kabilar kiradi. Bu usullar qo‘llanilganda tuproq bir tekis va me’yorida namlanadi., yer qatqaloq bo‘lmaydi. Begona o‘tlar chiqishi kamayadi hamda suv bir necha baravarga tejaladi hamda sug‘orilgandan so‘ng yerni yumshatish va boshqa bir qator agrotexnik ishlar hajmi kamayadi. Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi professori, qishloq-xo‘jaligi fanlari doktori Isaev Sobirjon Xusanboevich bugun 3 juftlikda 3 bosqich talbalariga “Sug‘orish usullari va texnikasi” mavzusida Ochiq ma’ruza o‘qidi. Ma’ruzada Toshkent davlat agrar universiteti o‘qituvchisi U.Norqulov “Suv xo‘jaligi vazirligi” bosh mutaxassisi A.Radjapov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i D. Xodjaev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 

         O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti