17noyabr - Xalqaro talabalar kuni. Oʻsha kuni bizning institutimizda nafaqat talabalar kuni balki, Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan 16-23-noyabr kunlari oʻtkazilgan“YOSHLAR HAFTALIGI”ning ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Erta tongdan barcha talabalarga Yoshlar ittifoqining faol aʼzolari ishtirokida tantanali ravishda “YOSHLAR HAFTALIGI” logotiplari tushirilgan koʻkrak nishonlari tarqatildi.
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov