Bilimli talaba – fan olimpiadasida sinalar

2021-yil 16-17-aprel kuni Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasida Respublika fan olimpiadasining “Moliya va kredit” fanidan 1-bosqichi B-208 xonada va “Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan 1-bosqichi B-225 xonada yozma, test, masala va og‘zaki shaklda yuqori saviyada o‘tkazildi. Bundan tashqari, kafedra katta o‘qituvchisi M.Raxmataliyev rahbarligida “Statistika” fanidan institut saytiga moodle tizimi orqali online  olimpiada o‘tkazildi. Olimpiada faol  ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talablarni taqdirlash maqsadida 2021 yil 23 aprel kuni soat 11-00 da B-06 xonada taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan 206-gurux talabasi M.Abdullayeva hamda J.Mo‘ydinovlar baddiy kitoblar va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. Talabalarning oldingi yillarga nisbatan Respublika fan olimpiadasi tanloviga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanligini talabalarning ishtiroki ko‘pligidan ham ko‘rinib turibdi. Hakamlar hay’atining qaroriga asosan 2-bosqichiga eng yuqori ball olgan talabalar tavsiya etildi.

TIQXMMI matbuot xizmati