Chet tili fanidan imtihon

Institut rektorining 2019-yil 28-maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy va Islom Karimov Davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash to‘g‘risida"gi 529-A/F-sonli buyrug‘iga asosan 25-iyun kuni Chet tili fanidan imtihon o‘tkazildi. Imtihonda 2 nafar doktorantlar, 7 nafar magistratura mutaxassisligida ta‘lim oluvchi 1-bosqich magistrantlar, hamda 46 nafar bakalavr (kunduzgi shaklda) ta‘lim oluvchi 2-3-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Imtihon soat 10:00 da boshlanib, soat 13:50 da o‘z nihoyasiga yetkazildi. Fakultetlardan berilgan nomzod talabalarga ingliz, nemis, fransuz tillari bo‘yicha komissiya a‘zolari tomonidan 3 bosqichli savollar berildi hamda baholab borildi. Imtihon jarayoni komissiya a‘zolari nazorati ostida adolatli tarzda o‘tkazildi. Talabalar va magistrlardan hech qanday e‘tirozlar bo‘lmadi. Yakuniy natijalar esa imtihon komissiya raisi bilan maslahatlashgan holda talabalar va magistrlar taqdim etgan IELTS sertifikatlar, imtihonda topshirgan natijalari umumlashtirilib, qolgan fanlardan imtihonlar tugagach Institutimizning navbatdagi Ilmiy Kengashida e‘lon qilinadi. Munosib nomzodlarning hujjatlari 2-bosqichda ishtirok etish uchun yuqori natijalarga ko‘ra saralab olinadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligiga yuboriladi. Eslatib o‘tamiz 2019-yil 26-iyun kuni Informatika va axborot texnologiyalari fanidan va O‘zbekiston tarixi fanlaridan imtihonlar o‘tkaziladi. Siz ham tashrif buyurib jarayonni kuzatishingiz mumkin.

Institut yoshlar ittifoqi yetakchisi Akmal Berdimurodov axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov