Hisobotning mazmun-mohiyati bitta boʼlsa ham uning natijasi har xil boʼladi. Bu borada baʼzi fakulьtetlar oʼrnak boʼlsa, baʼzilarida kamchiliklar boʼlishi tabiiy. Institut yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R. Choriev dekan oʼrinbosarlari bilan murabbiylarning hisoboti ham oʼziga xos boʼlishini taʼkidladi. Shuningdek, tarbiya masalasiga kim boʼlishimizdan, qanday vazifada ishlashimizdan qatʼi nazar hammamiz masʼul ekanimizni yoddan chiqarmang, - deya qayd etdi.
2020 yilning 23 iyun kuni institutda 2019-2020 oʼquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlar yuzasidan "Qishloq xoʼjaligini energiya taʼminoti" fakulьteti murabbiylari kengashi raisi U.Xaliqnazarovning hisoboti eshitildi. Mazkur hisobot yigʼilishida fakulьtet dekani boshchiligida barcha murabbiylar ishtirok etishdi. Hisobot yigʼilishi ZOOM platformasi orqali masofadan turib amalga oshirildi. Shuningdek, mazkur yigʼilishda institut Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R.Choriev, institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilovalar ham ishtirok etdi, institut yoshlar ittifoqi yetakchisi А.Berdimurodov, Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviyat maʼrifat boʼlim boshligʼi Z.Xaydarov xamda institut xotin-qizlari qoʼmitasi raisi Z.Xafizovalar ishtirok etishdi.
Yakunlangan oʼquv yilida "Qishloq xoʼjaligini energiya taʼminoti" fakulьtetida yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy-tarbiyaviy ishlarning amalga oshirilganligi holati hamda mazkur yoʼnalishda qilingan ishlar sarhisobi boʼldi. Hisobotda fakulьtet bosh murabbiyi tomonidan yoshlar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oshirilgan ishlar, guruh murabbiylarining yil davomidagi faoliyati, karantin sharoitida murabbiylarining talabalar bilan masofadan turib ishlashida erishilgan yutuqlari va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar toʼgʼrisida atroflicha maʼlumot berib oʼtildi. Hisobot eshitilgandan soʼng jarayon savol-javob tarzida davom etib, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori R.Choriev, institut Bosh murabbiyi Z.Ismoilova, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Z.Haydarov, institut Yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti yetakchisi А.Berdimurodov tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Hisobotyakunidaguruhmurabbiylariningtaklifvamulohazalarieshitildi.
TIQXMMI matbuot xizmati