2021 yil 26 oktyabr kuni TIQXMMIda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholi, jumladan, yoshlarni moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan “Butunjahon pul haftaligi” xalqaro ta’lim kompaniyasi doirasida oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun “Birgalikda moliyaviy savodxonligimizni oshiramiz” mavzusida amaliy treninglar o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan “Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” fakultetining o‘zbek guruhlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning volantyor trenerlari O.Sa’dullaev, A.Ismoilov, Z.Shaxriyorov va O.Alisherovlar hamda rus guruhlari talabalari uchun jalb etilgan A.Isxakova, M.Toshpo‘latova, F.Obidjonova va Z.Obidjonovalar amaliy trening o‘tkazishdi.
Bugungi kunda Moliyaviy savodxonlik zamonning dolzarb muammolaridan biri hisoblanishi asosida xalqimiz moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Umumjahon pul haftaligi doirasida videoroliklar tanlovi shuningdek, xotin-qizlar moliyaviy savodxonligini oshirish to‘g‘risida dasturlar amalga oshiri hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun moliyaviy savodxonlik treninglari o‘tkazilishi mavzuning dolzarb ekanligini anglatadi.
Seminar treningda ma’ruzachilar tomonidan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar, moliyaviy mustaqillikka erishish usullari, bank omonatlari turlari, aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini real iqtisodiyotda bank omonatlari hamda korxona va tashkilotlar aksialari orqali kiritish, shuningdek, iqtisodchi olimlarining moliyaviy savodxonlik to‘g‘risidagi qarashlari va tushunchalari to‘g‘risida keng tushuntirish berildi. Amaliy trening qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tdi.
SXTE va B fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiev ma’lumoti
TIQXMMI matbuot xizmati