Jamiyat hayotiga qutqu soluvchi jinoyatlarga qarshi kurash barcha davlatlarning diqqat markazida turadi. Jinoyatning xillari ko’p bo’lgani kabi uning ildiz va shoxlari ham bisyor. Uni jilovlash taraqqiyparvar xalqlarning orzusi. Shunday ekan bunday yo’sindagi tadbirlar muhim ahamiyatga ega.
2018 - yil 25 - dekabr 3 - talabalar turar joyida talabalar turar joyi direktori Zokirjon Yuliyev tashabbusi bilan Yunusobod tumani 1-sonli IIB boshlig’i podpol’kovnik Azamat Nuriddinov va 1-sonli IIB XPBPI boshlig’i Yusuf Sobirovlar “Diniy ekstremizim hamda jinoyatga qarshi kurash”mavzusida ma’ruza o’qidi. Talaba yoshlar orasida diniy ekstremizm hamda jinoyatga qarshi kurash bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼruzachi A. Nuriddinov mamlakatimizda diniy ekstremizm va jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar, bayramlarda ichib jinoyat sodir qilgan talabalar haqida hayotiy misollar bilan aytib o’tdilar. Tadbir qizgʻin savol-javoblar va munozaralar asosida oʻtdi.
3-TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Xaitova axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov