“Gidromelioratsiya” fakultetining “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Oqqoʻrgʻon” MFY ning faollari bilan joriy yilning 24 dekabr kuni “Dunyoviylik - dahriylik emas” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Davra suhbatini mahalla raisi Mahmud Abdullayev ochib, ishtirokchilarni oʻtkazilayotgan maʼnaviy - maʼrifiy uchrashuv “Oqqoʻrgʻon” mahallasidagi ijtimoiy - maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilganligini aytib oʻtdi. Davra suhbatini kafedra dotsenti Qudratillo Raximov davom ettirib ilmlar diniy va dunyoviy ilmlarga ajratiladi, diniy bilimlar deganda qurʼon, hadis va boshqa diniy manbaalarda keltirilgan maʼlumotlarni, dunyoviy ilm deganda esa maktab, kollej, institut va boshqa taʼlim muassasalarida oʻtiladigan fanlar nazarda tutiladi, aslida bu ikki ilmning birgalikda olingani toʻgʻridir.
Biz dunyoviy bilim deb aytayotgan bilimlar, aslida insonning iymonini quvvatlab, eʼtiqodini mustahkam qilishi haqida gapirdi. Oʻz fikrlarini bir qancha olim va mutafakkirlarimiz, hususan, hozirgi bizning davrimizda yashab ijod qilgan mashxur olimlardan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlarining va professor Latipov Qudrat Sharipovichlarning ibratli hayot yoʻllaridan va yozib qoldirgan asarlaridan misollar keltirdi. Davra suhbati yigʻilganlar oʻrtasida qizgʻin va munozarali boʻlib oʻtdi. Bunday suhbatlarni koʻproq oʻtkazish mahalla faollari tomonidan taʼkidlandi.
Kafedra assistenti. D. Allayorov axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov