Institutning “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi tashabbusi bilan 2019 yil 25 - yanvar kuni 8-maʼruzalar zalida “QSXEA” fakultetining 3-kurs talabalari hamda kafedra magistrantlari ishtirokida Krakov texnologiya universiteti tadqiqotchisi va kafedra professori t.f.d. Tursunov Obidjon Boboqulovichning “BIO-ENERGY” mavzusidagi seminar-trenningi tashkil etildi. Seminar-trenningni tashkil etishdan maqsad, talabalarga bioenergiya haqida batafsil maʼlumot berish, shuningdek, t.f.d. prof. O.B. Tursunovning ushbu sohada olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan talabalarni yaqindan tanishtirish.
Mazkur tadbirning birinchi qismida “Elektr taʼminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi 1-kurs magistranti N.N. Abdugʻaniyevning t.f.d. prof. O.B. Tursunov rahbarligida “Energiya olish maqsadida Oʻrta Chirchiq tumanidagi qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) xarakteristikasini kompleks oʻrganish” mavzusida olib borayotgan magistrlik dissertatsiyasi yuzasidan shu kunlarda bajarayotgan ishlari toʻgʻrisida ishtirokchilarga maʼlumotlar berib oʻtdi. Tadbirning ikkinchi qismida t.f.d. prof. O.B. Tursunov bioenergiya toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi hamda ushbu sohada oʻzi olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari va olingan natijalar boʻyicha qatnashchilarga maʼlumotlar berdi. Seminar-trenning davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javob olishdi. Tadbir soʻngida kafedra mudiri D.B. Qodirov soʻzga chiqib qatnashchilarning keyingi ilmiy faoliyatlariga omad va zafarlar tiladi.
Seminar koordinatori PhD D.B.Qodirov, Tadbir tashkilotchisi “ET va QTEM” kafedrasi magistranti N.N.Abdugʻaniyev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov