Institut psixologi bilan uchrashuv

Qishloq va suv xo‘jaligi enegiya ta’minoti fakulteti “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarovning taklifiga ko‘ra Institut psixologi Muxamedova Muhayyo Kamolxonovna bilan 5430200-“Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish” ta’lim yo‘nalishining 4-kurs 401, 402 a va 404 - guruh talabalari bilan “Sog‘lom turmush-farovon hayot” mavzusida seminar trening o‘tkazildi. Ushbu seminar treningda talabalarga sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha nimalarga e’tibor berish kerakligi tushuntirildi. Inson ertalab uyg‘onganda o‘zini-o‘zi qanday qilib kayfiyatini ko‘tarish va sport bilan shug‘ullanishi, kun davomida yaxshi kayfiyatda yurishiga ta’sirini har xil misollar yordamida tushuntirib berishdi.

Psixolog tamonidan talabalarga turli xil savol-javoblar va rasmlar chizdirish usullari orqali talabalarning nimalarga qiziqishlari va qanday muammolar borligi hamda bu muammolardan chiqish uchun nimalarga e’tiborliroq bo‘lishi kerakligi aytib berildi. Dars savol-javoblarga boy bo‘lib qiziqarli tarzda olib borildi.

ETvaEJF kafedrasi  dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti

      TIQXMMI  matbuot xizmati