Talaba – yoshlarni mutaxassisliklari boʻyicha fanlarga yanada qiziqtirish hamda bilimlarini yanada oshirishga koʻmaklashish va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakultetining “Traktor va avtomobillar” kafedrasi mudiri M.Amonov, professor – oʻqituvchilari A.Komilov, N.Umirov, Sh.Abduraxmonovlar ishtirokida “Traktor va qishloq xoʻjaligi energetik vositalar” fanidan hamda “Mashinalardan foydalanish va taʼmirlash” kafedrasi mudiri A.Igamberdiyev, professor – oʻqituvchilari S.Alikulov, Z.Shermatova, U.Berdimurodov ishtirokida “Mashina traktor parkidan foydalanish” fani olimpiadasining 1 – bosqichi oʻtkazildi. Oʻtkazilgan olimpiada natijalariga koʻra yuqori ballarni toʻplab faxrli oʻrinlarni egallagan talabalarga olimpiadaning keyingi bosqichlariga tavsiyalar berildi.
“Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari I.Raximov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov