Ochiq darslarning qachon va qayerda oʻtkazilishi emas, balki uning teran tafakkur, chuqur ilmiy-nazariy hamda mantiqiy asosga ega ekanligi ahamiyatlidir. Xuddi shunday mazmunga ega boʻlgan ochiq dars haqida maʼlumot keltirib oʻtish joiz.
Institutimizning “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov Safar Raxmankulovichning “Suv oqimi koʻndalang kesimi parametrlarini aniqlash. Chuqurlik oʻlchash maʼlumotlarini qayta ishlash” mavzusidagi ochiq darsi 2019-yil 18-mart soat 1000 da B-403 auditoriyasida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti, “5450400 -Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yoʻnalishi 2-kurs 201-guruh talabalariga oʻtkazildi. Ochiq darsda ISMITI, katta ilmiy xodimi Ibragimov I. Yu., “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Mashgʻulot avvalida oʻqituvchi talabalarga: Oʻqituvchi mavzuni eʼlon qildi, mavzu boʻyicha tarqatma materiallar talabalarga tarqatildi. Dastlab chuqurlik oʻlchash vazifalariga, Suv oqimining chuqurligi oʻlchashdan maqsad, oʻlchangan maʼlumotlar asosida natijalarni qayta ishlash, chuqurliklarni oʻlchash uchun moslama va asboblar, oʻlchov asboblarining tasnifi va daryo oʻzani koʻndalang qirqimining asosiy morfometrik elementlari haqida batafsil tushuntirdi. Dars soʻngida mashgʻulotda faol ishtirok etganlikka qarab oʻqituvchi har bir talabani baholab bordi. Amaliy mashgʻulot darsi talabalar va oʻqituvchi oʻrtasida oʻzaro fikr-almashinib, savol-javob tarzida qiziqarli tarzda oʻtkazildi.
“Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi assistenti Mansurov S. Axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov