2021-yil 26-mart kuni AQSh Kolorada shtati “Gidrotexnik inshootlari va ularning xavfsizligi” bo‘yicha mutaxassislari delegatsiyasi TIQXMMIga tashrif buyurdi. Delegatsiya a’zolari O‘zbekistonga tashrifi rejasi bo‘yicha dastlab Hisorak, To‘palang suv omborlarining texnik holatlarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganib kelishib, 26-mart kuni Suv xo‘jaligi vazirligida mutaxassislar ishtirokida taqdimot qilishdi.
Muhokamada institutdan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor A.Saloxiddinov, professorlar M.Bakiev, B.Xasanov, A.Yangievlar qatnashishdi. So‘ngra esa mehmonlar institutimiz majlislar zalida institut haqida ma’lumotlar, laboratoriya binolari bilan tanishishdi. Mehmonlar bilan Ilmiy tadqiqot ishlari va o‘quv jarayonlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik Memorandumi tuzish to‘g‘risida kelishib olindi.
TIQXMMI matbuot xizmati