5+1 tizimi bo‘yicha Alisher Navoiy kutubxonasiga tashrif

“Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi assistenti Sh.Yusupov  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan besh tashabbusning to‘rtinchisiga, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida "Qishloq va suv xo‘jaligi energiya ta’minoti" fakulteti 1 kurs talabalarini 2021-yil 27-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashrif buyurishdi. Talabalar kutubxonadan doimiy foydalanish uchun a’zo bo‘lishdi va kutubxona mutaxassislari tamonidan tanishtirilib chiqishdi.

Kutubxona 1870 yili may oyida Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan. Fondini tashkil qilishga Xalq maorifi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Ommaviy kutubxona, Geografiya jamiyati, Rossiya bosh shtabi hamkorlik ko‘rsatib, o‘z fondlaridan adabiyotlar sovg‘a qilishgan. 1870 yil may oyida 2200 tomdan (1200 nomdagi) ortiq kitob yig‘ilib, kutubxona fondining asosi yaratilgan.

2002-yil 12-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq kutubxonaning maqomi – milliy va xorijiy adabiyotlarning asosiy davlat xazinasi, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot, metodik ishlarni olib boruvchi va muvofiqlashtiruvchi ilmiy markaz etib belgilandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kutubxona mutaxassislari tomonidan keraklicha ma’lumotlar olishdi.

 

 “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dotsenti O‘.Xaliqnazarov axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati