Talabalar qiziqishi va tashabbusi institut ilmiy-o‘quv paligoni tajribalarida davom etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27- iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli va 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida

“Gidromelioratsiya” fakulteti 5450700- “Suv ta’minoti muhandislik tizimlari” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich 306-guruh talabalari tashabbus ko‘rsatishib, “Ekologiya va suv resurslarini bоshqarish” kafedrasi o‘qituvchilari dots. A.Karimov, dots. M. Abduqodirova va ass. J.Durxodjaevlar rahbarligida ishlab chiqarish amaliyotini joriy yilning 24 aprel kuni TIQXMMI “Ilmiy-o‘quv markazi” DUK poligonida quvurlarni yotqizish va ulash bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot jarayoniga tadbiq etdilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati