Xayriya tadbiri

Kuni kecha "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti" yoshlar kengashi tashabbusi bilan "Xayriya" ishi va tadbirini Chirchiq 14-Mehribonlik uyida bir guruh faol talaba va ustozlar amalga oshirib kelishdi. Albatta, yuqori kayfiyatda o'tgan tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan Butun fakultetimiz talabalariga, fakultetimizdagi barcha Kafedra o'qituvchilariga, fakultet dekanatiga, Institut rahbariyatiga, GIM fakulteti talabalariga, Institut Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotiga va Fakultet Yoshlar kengashi faollariga minnatdorchilik bildiramiz! Albatta bunday Xayriya tadbirlarini sonini yanada ko'paytirishga yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016-yil 14-sentabrda O'RQ-406 sonli, "Yoshlarga Oid Davlat siyosati" da ham alohida urg'u berib o'tgan. Biz Yoshlar ham Prezident siyosatiga befarq bo'lmagan holda o'z faolligimiz bilan qo'llab -quvvatlashda davom etamiz!

Fakultet Yoshlar yetakchisi Nuraliyev Samandar axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov