Respublika oliy ta’lim kengashi raisi, institutimiz rektori, iqtisod fanlari doktori, professor O‘ktam Pardayevich Umurzoqov joriy yilning 26 iyul kuni 69 yoshida vafot etdi. O‘ktam Pardayevich Umurzoqov-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchisi. Butun umri shu institut bilan chambarchas bog‘liq. Mehnat faoliyati davomida institutda kichik ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, assistent, dotsent, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti dekani, Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, rektor maslaxatchisi, hamda institut rektori lavozimlarida samarali ish faoliyatini olib borgan. U kishi raxbarligida institutimiz jaxonning ko‘zga ko‘ringan nufuzli institutlar qatoriga qo‘shildi. Bundan tashqari Respublikamizda ta’lim sifatini takomillashtirish jarayonida o‘zlari bosh bo‘lib, yuqori marralarga erishdilar. O‘ktam Pardayevichning ilmiy faoliyati davomida qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash hamda uning iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha yaratgan ilmiy asarlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalari kelajak avlod uchun katta dastur bo‘lib xizmat qiladi. O‘ktam Pardayevich xaqiqiy vatanparvar, xalol, samimiy va o‘z soxasining eng yetuk mutaxasisi hamda yosh avlodni yetuk inson bo‘lib tarbiyalashga umrini baxshida qilgan buyuk inson sifatida qalbimizda, xotiramizda abadiy yashaydi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti jamoasi