AQShning Qishloq xo‘jaligi vazirligi (United States Department of Agriculture – USDA) tomonidan e’lon qilingan COCHRAN FELLOWSHIP PROGRAMM 2019 dasturi doirasida o‘tkazilgan tanlov natijalarining mutlaq g‘oliblari – o‘zbekistonlik 7 nafar mutaxassis va ilmiy tadqiqotchilar, jumladan, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Yerdan foydalanish” kafedrasi 1 bosqich tayanch doktoranti I.Abduraxmanov va “Iqtisodiyot” kafedrasi 1 bosqich tayanch doktoranti J.Babadjanov joriy yilning 26 oktyabridan 11 noyabriga qadar AQShning Kolorado, Kanzas, Oklaxoma va Mississipi shtatlarida halqaro o‘quv seminarida ishtirok etishdi.
Xalqaro o‘quv seminar AQShning Denver, La Xunta, Xeys shaharlarining dala maydonlarida, Kanzas shtat universitetida, Mississipi shtatining Starkvili, Kalambus, Djeskon shaharlarida va Mississipi shtat universitetida bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda yaylov, dasht, o‘rmon yerlaridan chorvachilikda va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda unumli foydalanish, chorvachilikni samarali tashkil etish, yaylov yerlarini barqaror boshqarish, o‘simliklar olami, tuproq va suv havzalarida ekologik monitoring ishlarini olib borish hamda tashkil etishda AQShning yangi innovatsion tajribalari o‘rganildi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, institutimiz rektori boshlab bergan tashabbusga hamohang tarzda institut “11.00.07 – Geoinformatika” ixtisosligi tayanch doktoranti I.Abduraxmanov AQShga xizmat safari davomida sohaga doir quyidagi turli kitob va adabiyotlarni olib kelib, institut Axborot-resurs markaziga topshirdi:
Qiziquvchilar mazkur kitoblardan foydalanish uchun institut axborot-resurs markaziga murojaat qilishlari mumkin.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi uslubchisi A.Xamraliev axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov