O‘zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari bilan uchrashuv

O‘zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan ochiq va faol tashqi siyosati dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan barcha sohalarda, ayniqsa, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikda ko‘proq o‘z aksini topmoqda. Shunga monand, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ham dunyoning nufuzli oliy ta’lim markazlari va harbiy akademiyalari bilan faol hamkorlik olib borayotir. Shu bilan bir qatorda Joriy yilning 27-yanvar kuni institutimizning talaba qizlari O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlar akademiyasi kursantlari va rahbarlari bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuvga institut psixologi M.Muxamedova, YeRB fakulteti dekan o‘rinbosari X.Eshovalar qatnashdi. M.Muxamedova uchrashuv oxirida Kursantlar va qizlar bilan birgalikda psixologik so‘rov o‘tkazdi. Yig‘ilishda kursantlar bilan talaba qizlar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv kursantlar va talaba qizlarda juda katta taassurot qoldirdi.

Institut xotin-qizlar qo‘mitasi b.t.raisi Z.Xafizova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov