Mehnatga yarasha munosib rag’bat

Mehnatga yarasha munosib rag’bat
Qarshi filiali “Umumtexnik fanlar” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Farmon Murtozevich Mamatov ham borligi tahsinga loyiq. Qariyb yarim asrdan ortiq umrini ilm-fanga bag’ishlagan ustoz “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati turli soha vakillarini mukofotlash toʼgʼrisida farmon imzoladi. Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining yorqin iste’dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovasion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida hartomonlama barkamol etib tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh fidoyilarga davlatimiz rahbari tomonidan ordenlar topshirildi. Quvonarlisi shundaki, e’tirof etilganlar safida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali “Umumtexnik fanlar” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Farmon Murtozevich Mamatov ham borligi tahsinga loyiq. Qariyb yarim asrdan ortiq umrini ilm-fanga bag’ishlagan ustoz “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. F. Mamatov shu kungacha 150 ga yaqin ixtirolar muallifiga aylangan. So’ngi 5 yillik faoliyati davomida o’n besh nafar falsafa va fan doktorlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Oxirgi 3 yildagi ixtirolariga 15 ta xorijiy patent olgan. Shuningdek, o’nga yaqin darslik va o’quv qo’llanmalar muallifi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali jamoasi ustozni bu ulkan yutug’i bilan samimiy muborakbod etadi.