25-oktyabr kuni “Gidromelioratsiya" fakulteti yoshlar ittifoqi faollari hamda 1-bosqich talabalari bilan birgalikda O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag’ishlab “Til millat ko’zgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha muovini X.To’ychiyev ochib berdi. Shundan so’ng talabalar va yoshlar ittifoqi faollari tadbir uchun tayyorlangan badiiy qismni tomoshabinlarga taqdim etdilar. Tadbir ko’tarinki ruxda o’tkazildi.
Fakultet yoshlar yetakchisi N.Olimjonov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov