Dolzarb mavzudagi suxbat

    Bugun TIQXMMI “B”binosi maʼruzalar zalida SXTEB fakulteti talaba qizlari bilan “Xotin-qizlarga nisbatan taziyq va zoʼravonlikni, zoʼravonlikka nisbatan ularning munosabatlarini aniqlash” mavzusida institut psixologi bilan birgalikda suhbat va treninglar oʼtkazildi. Tadbirda ayol zoti tabiatning nozik xilqati, deb taʼrif berilishi bejiz emasligi, xotin-qizlar eʼtibor va himoyaga doim ehtiyoj sezishi haqida suhbat qurildi. Аmmo hayot doim bir tekisda davom etmasligi, ayrim hollarda xotin-qizlar turli shafqatsizliklarga ham duch kelishi, bunday hollarda ularning huquqlari umumiy huquqiy mezonlarga muvofiq himoya qilish uchun qonunlar joriy etilgani bejiz emasligi haqida suhbatlashildi. Yurtimizda xotin-qizlarni himoyalash mexanizmini kuchaytirish maqsadida yangi “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingani aytib oʼtildi. Shu yil 3-sentyabrdan kuchga kirgan mazkur qonun davlatimiz rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgani yana bir bor taʼkidlandi. Tadbir davomida talaba qizlarga qonunning maqsadi xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zoʼravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishga qaratilgani aytib oʼtildi. Suhbat trening dasturi bilan davom etdi. Treningda “Beshafqatlik va tajovuzkorlik – badjahl aql va qoʼrqoq yurakning mahsuli” ekanligi aytib oʼtilib “Oynadagi aksimiz”oʼyini bilan davom ettirildi. Va oʼyin soʼngida ishtirokchilar qalbida qanday kechinmalar oʼtkazganliklari muhokama qilindi. Trening davomida zoʼravonlik turlari haqida maʼlumot berildi va ishtirokchilar hayotida sodir boʼlgan vaziyatlardan tanlab olinib muhokama qilindi. Tadbir ibratli hikoya bilan yakunlandi.



TIQXMMI matbuot xizmati