Ishonch yorliqlariga ega bo'lishdi

25 - yanvar kuni O’zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti boshlangich tashkiloti, “Gidromelioratsiya” fakulteti yoshlar kengashi tomonidan 2018-2019 – o’quv yili birinchi yarim yillik davomida olib borilgan ishlar sarhisob tadbiri qilindi.

Ushbu sarhisob tadbirni fakultet dekani A.Fatxullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi – yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat hisoblanadi dedi. Ushbu sarhisob tadbirda fakultet yoshlar ittifoqini o’rni va kengashi tomonidan olib borilayotgan ishlar to’g'risida ma’lumotlar berib o’tdi. Shundan so’ng fakultet yoshlar kengashi a’zolariga ISHONCH YORLIQLARI fakultet dekani tomonidan topshirildi.

Keyingi so’zni fakultet ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekan muovini davom ettirib, kengash a’zolarini ISHONCH YORLIQLARI bilan qutladi va ularni bundan keyin ham faollikka, fidoyilikga, eng muhimi Vatanimiz uchun hech qachon mehnat qilishda tolmasliklarini aytib o’tdi.  Sarhisob tadbir so’ngida fakultet yoshlar yetakchisi N.Olimjonov so’zga chiqib, bundan keyingi rejalar bilan tanishtirdi va shundan so’ng tadbir yakunlandi. Yakunda qilingan ishlar videoroligi ko’rsatildi.

Fakultet yoshlar yetakchisi N.Olimjonov ma`lumoti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov​