Prezident murojaatnomasi talaba-yoshlar nigohida

Joriy yilning 24-yanvar kuni Prezidentimiz Oliy Majlisga murojaatnoma yo’lladi. Ushbu murojaatnomada ijtimoy-siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarning ustuvor yo’nalishlari belgilab berildi. Institutning "Gidromelioratsiya" fakultetining barcha kafedralarining  mudirlari va professor-o’qituvchilari tomonidan 4-TTJ da yashayotgan talaba yoshlarga  Prezidentning murojaatnomasi yetkazildi.  Murojaatnomaning asosiy mazmuni mohiyati va undagi talaba-yoshlarga e’tibori tushuntirildi. Bugungi kunda talaba-yoshlarga katta imkoniyatlar  berilgani va shuningdek, ularning o’qishi, intilishlari va  bo’sh .vaqtlarini mazmunli o’tkazishga alohida e’tibor berildi. Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida loyihalari amalga oshirildi. «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 416ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo‘ldi.

O‘tayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish yo‘lida ham muhim qadamlar qo‘yildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo va Para-Osiyo o‘yinlarida, Argentinada o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiadasida yuqori o‘rinlarni olgani bizga g’urur va iftihor bag’ishlaydi. Murojaatnomada bugungi kunda dunyoda bo’lib o’tayotgan    xavf-xatarlar haqida ham alohida e’tirof etildi. Yoshlarga katta imkoniyatlar berilayotgan bir davrda bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, talaba-yoshlarga kutubxonalardan foydalanish, muntazam shug’ullanishlari aytildi. Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo‘lgan intilishlarini ro‘yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o‘quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Tinchlik va sog‘likni ta’minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Xalq dengiz bo’lsa, yoshlar uning to’qinidir. Murojaatnomani hayotga yo’llanma, taraqqiyotga qo’lllanma desak mubolag’a bo’lmaydi.

 

 

 

"Gidromelioratsiya" fakultetining yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini O.Habibullayev  axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov