СLAAS kompaniyasining rasmiy delegatsiyasi

Traktorlar ishlab chiqish bilan dunyoda nom qozongan СLAAS kompaniyasining rasmiy delegatsiyasi strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun institutimizga tashrif buyurdi. СLAAS kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori, doktor Nils Roych boshchiligidagi delegatsiya, ya’ni Vasiliy Seyder, Andrey Reymer, Bernd Xenn, shuningdek, sug‘orish tarmoqlarini ishlab chiqish bo‘yicha Lindsay kompaniyasi vakili Demin Kochelin hamkorlik o‘rnatish maqsadida kelishdi. 

Institutimiz rektori O‘.Umurzakov mehmonlar uchun institutimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tgach, videorolik namoyish etildi. So‘ngra institutimiz rektori mamlakatimizning mustaqillik yillarida O‘zbekistonga olib kelingan qishloq xo‘jaligi texnikalari xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

СLAAS kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Nils Roych o‘z boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan tanishtirgandan so‘ng uzoq va ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish imkoniyatini olg‘a surdi. CLAAS kompaniyasi qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhanlislarini tayyorlovchi O‘zbekistondagi yetakchi OTM bo‘lgan TIQXMMI bilan hamkorlik qilish faxr tuyishlarini aytib o‘tishdi. Buning uchun Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash fakultetining bir auditoriyasini CLAAS kompaniyasi uslubida jihozlab berishga kelishib olindi.

Lindsay kompaniyasi vakili Demin Kochelin o‘z navbatida TIQXMMIning o‘quv tajriba xo‘jaligida Lindsay kompaniyasining suv tejash texnologik jihozlarini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilindi. Uchrashuv o‘zaro do‘stona muhitda o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng esdalik sovg‘alari almashildi.

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov