Jiddiy islohotlar davriga qadam qoʼygan Oʼzbekiston uchun korruptsiyaga qarshi kurash asosiy ahamiyatga ega vazifalardan biriga aylandi. Chunki korruptsiya nafaqat demokratiyaga tahdid, umuman har qanday taraqqiyotga tahdid ekani maʼlum."Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash" fakulteti yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan oʼrinbosari O.Roʼzibaev tashabbusi bilan 2-TTJda tashkil etilgan “Korruptsiya – taraqqiyotga tahdid” mavzuida oʼtkazilgan davra suhbatida ham shu haqda gap bordi. Davra suhbatida GIM fakulteti dekani dotsent B.Norov, IIB XPB profilaktik inspektorlari kapitan Аbdullaev Yusuf va katta leytenant Temur Egamberdiev ishtirok etib, korruptsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning namoyon boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik, talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali korruptsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlish kerakligi toʼgʼrisida aytib oʼtdi. Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan talaba – yoshlarni qiziqtirgan savollariga toʼliq javoblar berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.
TIQXMMI matbuot xizmati