“ Men sevib o’qigan asar” davra suhbati

   2021-yil 28-yanvar kuni institutimiz 4-TTJdagi talabalar o’quv zali filialida ARM direktori M. Axmedova boshchiligida, kutubxonachilar D. Sobirova va M. Nazarovalar tashabbusi bilan talaba qizlar o’rtasida «Men sevib o’qigan asar» mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu davra suhbatida GM, SXTEB, QXM fakultetlarining talaba qizlar, TTJ tarbiyachi pedagoglari A. Hayitova va N. Isokulovalar ishtirok etishdi. Davra suhbati yoshlarda kitobxonlik madaniyatining rivojlanishiga, tafakkur shaklining o’zgarishiga va dunyo qarashi kengayishiga xizmat qilishi bilan bir qatorda, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan 5 ta muhim tashabbusning to`rtinchi “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirilgan tadbirlar” tashabbusining rejasiga muvofiq tashkil etildi. Davra suhbatida SXTEB, GM fakulteti talaba qizlaridan Abdumalikova M., Botirova M., Sadullayeva M., Abdujabborova M., Abilkasinova A.va boshqalar faol ishtirok etib, o`zlari sevib o`qigan O`. Hoshimovning “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”,”Tushda kechgan umrlar”, R. Guntekinnig “Choli qushi”, Den Braunning “Утраченный символ”, “Код да Винчи” singari badiiy asarlari yuzasidan o`z fikr  va mulohazalarini bildirdilar.

 

TIQXMMI matbuot xizmati