“QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI” mavzusidagi anʼanaviy XVIII – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy–amaliy anjumanining ochilishiga 2019 yil 28 mart kuni start berildi. Anjumanni ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, institut professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Anjumanni yalpi majlisida yosh olimlar, talaba va magistrantlar tomonidan 6 ta ilmiy-tadqiqot ishlarining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Anjuman oʻz ish faoliyatini 11 ta shoʻba boʻyicha dasturda belgilangan auditoriya va zallarda 28-29-30 mart xamda 1-aprel kunlari davom ettiradi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʻlimi metodisti Z.Temirova