Respublika Olimpiadasini oʻtkazishga doir

Respublika Olimpiadasini oʻtkazish kafedraning dolzarb va masʼuliyatli masalalaridan ekanligini va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vazifalarini bajarishda bu masalaga keng eʼtibor berilayotganligini inobatga olib, “Pedagogika, psixologiya va oʻqitish metodikasi” kafedrasi 2019 yil 28 mart kuni boʻlib oʻtgan “Kasbiy pedagogika” fani boʻyicha 1-bosqich olimpiada natijalarini maʼlum qildi. 1 - bosqich olimpiadasida institutning Kasb taʼlimi (Suv xoʻjaligi va melioratsiya; Yer tuzish va yer kadastri, Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish, Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish) bakalavriat yoʻnalishlaridan 9 nafar talabalari ishtirok etishdi. Respublika Olimpiadasini yuqori saviyada “Nizom” talablari asosida oʻtkazish talab darajasida amalga oshirildi. “Kasbiy pedagogika fanidan olimpiada 1-bosqich natijalariga asosan Kasb taʼlimi (Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalatirish) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi 3-kurs 9-guruh talabasi Asilova Ziyoda Axror qizi 312 ball natija bilan birinchi, Kasb taʼlimi (Qishloq va suv xoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish) bakalavriat yoʻnalishi 2 kurs 4-guruh talabasi Mirazamov Dilmurod 290 ball natija bilan 2-oʻrinni, Kasb taʼlimi (Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish) bakalavriat yoʻnalishi 2 kurs 12-guruh talabasi Gʻuzorov Ibroxim 274 ball bilan 3-oʻrinni egalladi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov