2-talabalar turar joyi manaviyat xonasida 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan Pespublika Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi ansambilining xonandasi Shukurullayev Nurali bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi. U o’z faoliyati borasida so’z yuritib, erishgan yutuqlarini qayd etish asnosida o’z ijod mundarijasidan o’rin olgan qoshiqlaridan jonli tarzda kuylab berdi. Nurali Shukurulayev insonning hayotdagi yutuqlariga bois ota-ona o’giti, ustozlarning yo’l – yo’riq va maslahatlari, halol yashash hamda kasbini sevish ekanini alohida ta’kidladi.
Uning talabalarga jonli tarzda hindcha, an’anaviy maqom, estrada yo'nalishidagi qo’shiqlaridan gitara jurligida kuylab bergani juda ma’qul keldi. Talabalar ozligi qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Uchrashuv juda mazmunli bo’ldi. Aytish mumkinki, talabalar uchun bu ijodiy uchrashuv yangi rejalar, yangi maqsadlar qabul qilish uchun ilhombaxsh turtki bo’lgani sir emas. Tadbirda GTS chismachilik kafedrasi assistenti Adxamjon O'rishev, QSXET, GTS, GIM talabalari faol qatnashishdi.
Tarbiyachi - pedagog, psixolog Dilorom Sagdullayeva axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov