Joriy yilning 26-sentyabr kuni 4-sonli talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash boyicha prorektor R. Choriyev, yoshlar bilan ishlash boyicha dekan orinbosari X. Toychiyev, tarbiyachi-pedagog A. Haitova, TTJ direktori I. Buxorov ishtirok etdi. Suhbat davomida TTJ da yashash qoidalari, odob-axloq, kiyinish madaniyati, ozi yashab turgan xona va qavatlarni koz-qorachigiday asrab-avaylash zarur ekanligi aytib otildi. Shu orinda qizlarni qiynayotgan muammolar, kamchiliklar haqida toxtalib otildi. Qizlarimiz Rano Jumabayeva rahbariyatimizga hamda rektor prof. O'.Umrzoqovga barcha qizlar nomidan minnatdorchilik bildirib bizga shunaqa sharoit yaratilib berganidan xursandchiligini izhor qilishdi. R. Choriyev talabalar turar joyida talabalarni bosh vaqtlarini mazmunli otkazish uchun yanada chiroyli sharoitlar yaratib berishi haqida ta'kidlab otdilar.
Institut Matbuot xizmati rahbari R. Jumaniyozov