Bugungi rivojlanish bosqichida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, mavjud elektr stansiyalar va tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, yuqori samarali energiya ishlab chiqarish texnologiyalari asosida yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, elektr energiyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish hisobiga yonilg‘i-energetika resurslarini diversifikatsiyalash elektr energetika sohasining asosiy maqsadi hisoblanadi. 2021 yilgacha energetikani rivojlantirishning barcha sohalariga tegishli 52 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Respublika elektr energetikasi haqli ravishda O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari tarkibiga kiradi. U yirik ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyati bilan iqtisodiyotning rivojlanishi va xalq farovonligiga salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Shu munosabat bilan 23-25 oktabr kunlari O`zekspomarkaz №2 pavilonida 14-Xalqaro “UzEnergyExpo-2019” ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada energetika, energetik muhandislik, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejamkorligi, elektrjihozlar, yoritish uskunalari va texnologiyalari, kabellar, similar va armaturasi kabi bo`limlar bo`yicha mahalliy va xalqaro tashkilotlar ishtirok etishdi.
Shular jumlasidan “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasining 409 (EE) - guruh talabalari guruh murabbiyi A.Q.Davirov boshchiligida ko`rgazmada ishtirok etishdi. Ko`rgazma juda ham ko`tarinki ruhda o`tdi, talabalarimiz o`zlari uchun kerakli ma’lumotlarni olishdi. Talabalarimiz qayta tiklanuvchan energiya manbalari bo`yicha xalqaro tashkilot mutaxassislarining ko`rgazmalariga juda qiziqish bildirishdi asosan elektromobil hammani o`ziga jalb qildi. Talabalarimiz bu ko`rgazmadan yetarli ma’lumotlarni olishdi.
“Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari “ kafedrasi assistenti Alisher Davirov axboroti
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov