Hozirgi kunda Respublikamizda faoliyat yurituvchi har bir tashkilotning rivoji uchun ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu o‘rinda fuqarolarimizning izchil o‘zgarishlar xususidagi fikr-mulohazalari, qo‘shimcha takliflarini o‘rganib chiqish maqsadida joylarda turli xildagi uchrashuvlar uyushtirilmoqda. Ana shunday yig‘ilishlardan biri joriy yilning 27 noyabr sanasida Institutimizda kasaba uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida, xodimlarning talab va takliflarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil qilinib, O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Bayniyazov Erkin Bozorovich, Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis Begimqulova Shoxida Bazarbaevna, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar birlashgan qo‘mita raisi Usmanova Nargiza Abdurashidovnalar ishtirokida institutimizning 4 anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvimizda institutimizda faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar tomonidan savollar hamda takliflar berildi. Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi siz tomondan bildirilgan har bir murojaatni qonun doirasida ko‘rib chiqib, qo‘shimcha imkoniyatlar uchun harakat boshlaganligini ma’lum qiladi. Sizlar uchun ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, endilikda ushbu kanal orqali sanatoriyalar uchun beriladigan yo‘llanmalar, tug‘ilgan kun hamda yubileylar qolaversa, yangi loyiha va e’lonlarimiz haqidagi ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov