Joriy yilning 28-noyabr kuni soat 19-00 da 4-sonli TTJ ma’naviyat xonasida “Saylov-demokratiya ko’zgusi” mavzusida targ’ibot dasturi amalga oshirildi. Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti "Biznes huquqi" kafedrasi o’qituvchilari M. Tadjibayeva, A. Jumagulov, D. Eshanovalar talaba yoshlarga saylovga oid huquqiy bilimlar, siyosiy-huquq va erkinliklar, fuqarolarning saylov huquqlari, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazorat o’rnatish usuli, saylovlarning o’rni haqida batafsil ma’lumot berdilar. Bu qiziqarli davra suhbatida talabalar o’zini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
4-TTJ tarbiyachi pedagogi A.Xaitova axboroti
Institut Matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov