2020-yil 26-noyabr kuni “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlarilari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, talaba-yoshlarning huquqiy ongi, savodxonligini yanada oshirish, ular orasidan har tomonlama yetuk, bilimli hamda mahoratli talaba-yoshlarni aniqlash, talaba-yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo'lib kamol topishiga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash, iqtidorlilarni aniqlash, kasbiy mahoratini va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, davlat ahamiyatiga molik turli innovatsiyalar, yangiliklar qilishga undash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual bellashuvi o'tkazildi. Tanlovda jami 4 nafar talabalardan iborat 10 ta jamoa bilimlar maydonida bellashdilar.Qizg'in kechgan bahslardagi natijalar quyidagicha: 1-o'rinni: 106-guruh talabalari; 2-o'rinni: 101-guruh talabalari; 3-o'rinni: 109-guruh talabalari. “Eng zukko ishtirokchi”, “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlanib Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektorining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Kelgusida shu kabi bilimlar bellashuvini har chorakda o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
TIQXMMI matbuot xizmati