Institutimizning 2-TTJ da 14 yanvar - “Vatan ximoyachilari” kuni munosabati bilan 2-TTJ tarbiyachisi, psixolog Sagdullaeva Dilorom zaxiradagi militsiya mayori, Respublika manaviyat targ‘ibot markazining maruzachisi, xuquqshunos, siyosatchi Amriev Ali Xusanovichni taklif qildilar. Ali Xusanovich o‘z xayotini, Ichki Ishlar organlarida olib borgan. Ish faoliyati va xarbiy xizmatda bo‘lgan qiziq voqealarni talabalarga ulashdi. Jinoyatchilar va jinoyatchilarni ushlagan davrdagi qiyinchiliklar, olingan tan jaroxatlari xaqida gapirib berdilar. Faxriy mexmon hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va buni qadriga yetib, o‘z ustida ishlashlarini, xar bir daqiqani qadriga yetib yashab, ibratli ta’lim olib borish, vijdonan o‘z ustida ishlash kerakligini takidlab o‘tdilar.
TTJ da istiqomad qiladigan talabalar uchun bu davra suxbati juda qiziqarli va mazmunli bo‘ldi. Institutimizning GIM, GTQ va QSXEA fakultetlari talabalari bilan birga o‘tkazilgan bu davra suxbati taasurotlarga boy bo‘ldi.
GIM fakulteti yoshlar yetakchisi Ismatov Rashidxon.