2019 yil 1-2 may kunlari oʻtkaziladigan “Qishloq va suv xoʻjaligida davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va amalga oshirish mexanizmlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani
AXBOROT XATI
Anjumanning asosiy maqsadi: Qishloq va suv xoʻjaligida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada xorijiy tajribalarni oʻrganish asosida sohani rivojlantirish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Anjumanda quyidagi ilmiy yoʻnalishlarda ish olib boriladi:
Rasmiylashtirishga oid talablar: Matn oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Taqdim qilinadigan material annotatsiya, matn, jadval, rasm va foydalanilgan adabiyotlar ruyxati bilan 5 betgacha boʻlishi, A-4 oʻlchamli oq qogʻozda toʻliq sahifalanib, Word 2003 taxrirlagichda Times New Roman 12 shriftida 1,0 intervalda puxta taxrirlangan holda tayyorlanishi kerak. Elektron shakli bilan (USB-fleshkada) taqdim etiladi. Matn oʻng tomondan 2,2 sm, chap tomondan 2,3 sm, yuqoridan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm xoshiya qoldirib tayyorlanadi.
Maʼruza sarlavhasi katta harflar bilan markazlashgan holda qoraytirib yoziladi, keyingi qatorga muallif(lar)ning F.I.Sh. ish joyi koʻrsatiladi. Soʻngra bir interval tashlab mavzuning annotatsiyasi, keyin asosiy maqsadi beriladi va yana bir interval tashlab asosiy matn joylashtiriladi.
Maqolalar holda 2019 yilning 18 aprel sanasiga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qoʻmita manzili: 100000 Toshkent sh., Qori-Niyoziy koʻchasi, 39 uy. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. Suv xoʻjaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti. B-bino, 202-xona.
Tel: (93) 553-33-40, (90) 167-03-50. Elektron manzil: dav-hus-sh2019@mail.ru